Ozish uchun mashqlar – 15 ta eng samarali usullar

Menimcha, har birimiz sog’lom va kelishgan qomatga ega bo’lish qanchalik yoqimli ekanligini bilamiz! Chiroyli qomadga ega bo’lish uchun ko’pchilik harakat qilsa ham, aksariyat hollarda bunga yetishish ancha murakkab vazifa.

Homiladorlik davrida ortiqcha vaznga ega bo’lish, uzoq vaqt davomida stressli holatda yashash, ishdagi zararli odatlar, muvozanatli diyetaning bo’lmasligi, kamharakat turmush tarzi – bularning barchasi tana og’irligining oshishiga olib keladi. Keyin esa noziklik, chiroy, go’zallik va sog’likni tiklashga yordam beradigan narsalarni qidirishga to’g’ri keladi.

Bu holatda asosiy qoidalardan biri va tog’ri yo’l jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishdir.

Qaysi mashqlar kompleksi aynan siz uchun to’g’ri keladi?

Yog’ yoqishning boshlanishi va tez ozish uchun faqatgina samarali mashqlarni tanlabgina qolmasdan, ularni tanlab olishda kishining jismoniy tayyorgarlik darajasiga javob berishi va muayyan muammolarni bartaraf etishga yo’naltirilganligini ham xisobga olish kerak. Yana shuni e’tiborga olish kerakki, biron bir sohada ortiqcha vazn yo’qotish kerak bo’lsa, faqat o’sha joy bilan shug’ullanish ham noto’g’ri.

Butun organizmni ozishi uchun mashq bajarish lozim, faqat eng muammoli tana qismlariga alohida urg’u berilishi ancha samarali bo’ladi. Katta zo’riqish bilan mashqlarni bajarish yoki yoqmaydigan mashqlarni qilishning oqibatda har qanday istak tezda so’nadi. Bu esa o’z navbatida hech bo’lmasa sezilarli natijalarni ko’rmasdan mashqlarni to’xtab qolishiga olib keladi.

Maqolaga baho bering
[Total: 0 Average: 0]

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan