Soda bilan ozish rostmi yoki yolg’on? Tibbiy qarash

Oxirgi paytlarda internetda, koʻp soda bilan ozish usullari to’gʻrisida maʼlumotlar tarqalmoqda. Aytishlaricha ichimlik sodasi faqat yogʻlarni yoqib ortiqcha vazndan qutilishga yordam berar ekan. Aslidaku ozish uchun har tomonlama yondashish zarurligini hamma bilsa ham, koʻplar oson yoʻl qidirishadi.

Soda ichib ozish

“Ozish uchun nima yeyish kerak“ degan savolga javob topish uchun odamlar baʼzida, juda gʻalati tamli mahsulotlarni ham isteʼmol qilishga tayyorlar. Koʻplab ozish yoʻllariga bagʻishlangan internet resurslarda oddiy ichimlik sodasining, moʻjizakor taʼsir qiluvchi kokteyllari yoki sodali vannalar haqida oʻqish mumkin. Ularning aytishicha soda organizmda moddalar almashinuvi tezligini oshib, zararli moddalarni suv bilan birga chiqarib yuboradi. Haqiqatdan ham shundaymi?

Soda nimasi bilan foydali

Natriy Bikarbonat – ichimlik sodasi nomi bilan sotiladigan ushbu kukunning kimyoviy nomi shunday, aslida ancha foydali modda. Quyidagilarda naf berishi mumkin:

  • Hasharotlar chaqqandan keyingi qichimada yordam beradi
  • Tishlarda karies rivojlanishi xavfini kamaytiradi
  • Bemor ahvolini buyrak kasalliklarida yengillashtirishi mumkin faqat oʻz boshimchalik qilmaslik zarur. Faqat shifokor tavsiyasi bilan
  • Ayniqsa jigʻildon qaynashida yaxshi yordam beradi
  • Qazgʻoq bilan kurashishda foydali
  • Uy sharoitida sochlar uchun shampun tayyorlashda ishlatish mumkin

Sodaning “sehrli“ xususiyatlarini odamlar qadimdan bilishgan. Bizgacha yetib kelgan maʼlumotlarga koʻra, qadimgi Misr kohinlari bu moddani, narigi dunyo bilan aloqa qilish uchun isteʼmol qilishgan. Oʻrta asrlarda alkimyogarlar soda asosida, yoshlik eliksirini kashf qilishmoqchi boʻlishgan. Ishqilib sodani tarixi uzun. Soda bilan ozish haqida gaplarga xayron boʻlmasa ham boʻlaveradi.

Uning bunday xususiyatlarini sababi, fanga maʼlum, natriy bikorbanat suvda erib ishqoriy muhit hosil qiladi. Shuni unutmaslik kerak, organizm oʻzining ichki muhitini PH koʻrsatkichini ( yaʼni kislota-ishqor muvozanatini) doimo bir xil maromda ushlab turadi. Kislota ishqor muvozanatini keskin buzilishi ogʻir oqibatlarga olib keladi.

Hamma mahsulotlar oʻzining kislotalik darajasi boʻyicha farq qiladi. Shuning uchun har qanday ishqoriy mahsulotlar masalan, gazli ichimliklar, yoki sodali kokteyl nazariy jihatdan faqat hazm yoʻli aʼzolari (asosan meʼda) kislotaligi oshib ketgandagina foydali boʻlishi mumkin. Boshqa vaziyatlarda ularni meʼyordan ortiq isteʼmol qilish zarar.

Soda bilan ozish mumkinmi?

Sodadan ozish maqsadida foydalanish fikri, natriy bikarbonatni organizmda qanday oʻzgarishlarga uchrashi kimyogar olimlar tomonidan aniqlangandan keyin paydo boʻldi. Maʼlum boʻlishicha, bu modda inson tanasiga tushgandan keyin natriy va karbonat angidridga parchalanar ekan. Karbonat angidrid esa oʻz navbatida lipoliz (yogʻlarni parchalanish) jarayonini tezlashtiradi ekan.

Lekin bu bor yoʻg’i nazariya!

Amalda soda bilan ozishning deyarli iloji yoʻq. Uning organizmga yogʻlarni parchalovchi taʼsiri juda ham sezilarsiz. Katta miqdorda qabul qilishda paydo boʻladigan zarari esa katta.

Bu modda meʼdaning kislotalik darajasini keskin pasaytirib yuboradi. Meʼdaning kislotalik xususiyati esa ovqat hazm qilishda va organizmni mikroblardan himoya qilishda katta ahamiyatga ega. Masalan bu xususiyat ortib ketsa jigʻildon qaynaydi shuning uchun ham bu kasallikda bikarbonat eritmalari davo sifatida qoʻllaniladi. Agar soda bilan ozish uchun bu modda davomiy isteʼmol qilib kelinsa, gastrit hattoki yara kasalligi ham rivojlanadi. Shuning uchun ham sodadan faqat vaqtinchalik u yoki bu muommolarni hal qilish uchun vosita sifatida foydalanish tavsiya etiladi.

Sodali vannalar (yarim stakan moddani, iliq suvda eritish) nisbatan foydaliroq. U quyidagi vaziyatda yordam beradi:

  • Og’riq va zoʻriqishni ozroq qoldiradi
  • Qon aylashini tezlashtiradi, bu esa organizmni tozalanishiga yordam beradi.
  • Qichima, ekzemada yordam beradi. Psoriaz belgilarini kamaytiradi

Xa, toʻgʻri siz bunday vannadan soʻng tarozi vazningizni odatdagidan 1-1.5 kg kamroq koʻrsatayotganini guvohi boʻlishingiz mumkin. Hursand boʻlish kerak emas, vazn kamayishi bor yogʻi suv yoʻqotish hisobiga yuzaga keladi.

Qanday qilib ichimlik sodasini to’gʻri isteʼmol qilish zarur

Xulosa qilib aytganda soda bilan ozishning iloji yoʻq. Lekin bu uning boshqa foydali tomonlarini ham kam emas.

Yuqorida eslatib oʻtilganidek sodani meʼda kislotaligini kamayganda qabul qilish kerak emas. Yana quyidagi holatlarda isteʼmol qilish man etiladi:

  • Homiladorlik yoki emizish vaqtida
  • Gipertoniya – qon bosimi koʻtarilgan boʻlsa
  • Qandli diabet bilan ogʻrigan bemorlarga

Vannalar ham mumkin emas, agar kishida ochiq yara va jarohatlar yoki jiddiy infeksiyalar boʻlsa. Agar sizda yuqorida qayd etilgan, belgilarni birontasi boʻlmasa ham bu moddani qabul qilishdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashish zarur.

Manba: Layfxaker

Maqolaga baho bering
[Total: 13 Average: 3.3]
Загрузка...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan