Bursit: paydo bo’lish sababi, belgilari va davosi

Oyoq barmoqlarida bursitBursit – boʻgʻimoldi sinovial xaltachasining oʻtkir va surunkali yalligʻlanishidir.
Sinovial xaltachalar – boʻgʻim hosilalari boʻlib, ichida ozroq miqdorda yopishqoq tiniq suyuqlik mavjud. Ular yirik boʻgʻimlar (tizza, tirsak) yaqinida, mushak va paylar tutashgan joylarda boʻladi. Ularning vazifasi boʻgʻimni xaddan ortiq zoʻriqishdan va jismoniy zarbalardan himoya qilish.

Bursitlarning asosiy sabablari: jarohatlar, jismoniy zoʻriqishlar, boʻgʻimlarning kasallanishlari (revmatoid artrit, podagra) boʻgʻim xaltachasi atrofidagi shilinishlar, kesilishlar taʼsiri.

Bursit belgilari

Bursitning asosiy kelib chiqishi shikastlangan sinovial xaltachasi atrofida va boʻgʻim yaqinidagi oʻzgarishlarga bogʻliq.
Aksar hollarda sinovial xaltalar tizza boʻgʻimining old yuzasida (prepatellar bursit) va tirsak boʻrtigʻi atrofida shikastlanadi. Oʻtkir bursitning barcha alomatlari toʻsatdan, odatda jarohatdan keyin sal oʻtgach yuzaga keladi:

  • Oʻsimtasimon shish – 8–10 sm diametrli dumaloq cheklangan boʻrtiq
  • Boʻgʻimda harakatlar hajmining cheklanishi
  • Harorat koʻtarilish ehtimoli bor, umumiy zaiflik.

Surunkali bursitda shamollash yiringi asta-sekin shilliq xaltachaga toʻplana boradi. Qizillik va qattiq shamollashning boshqa alomatlari boʻlmaydi. Odatdagi joyda (tirsak, tizza) dumaloq shakldagi oʻsimtasimon ogʻriqsiz shish kasallik alomati boʻlishi mumkin. Kasallik alomatlari sezilgani hamon jarrohga murojaat qilish lozim.

Bursit kasalligini tashxisi va davosi

Oʻtkir bursitda tashxis odatdagi shifokor tekshiruvida qoʻyiladi. Surunkali bursitning takroriy kechuvida tayanch-harakat apparatining chuqur tekshiruvidan tashqari quyidagilar qoʻllanadi:

  • Ultratovush tekshiruvi
  • Rentgenografiya
  • Boʻgʻim suyuqligini tekshirish.

Nekroz va revmatoid artritni istisno etish uchun shifokor quyidagilar tarkibini aniqlash niyatida qonni maxsus tekshirishga topshiriq beradi:

  • Revmatoid omil
  • Peshob kislotasi
  • S – reaktiv oqsili

Davolash usullari

Oʻtkir bursitda shifokor (jarroh) odatda xaltachaga ukol qiladi, tinch yotishni (boʻgʻim immobilizatsiyasi, bosuvchi bogʻich), issiqlik, shamollashga qarshi va ogʻriq bosuvchi vositalarni qoʻllaydi. Koʻp hollarda muolaja ambulatoriya sharoitida olib boriladi.
Harorat baland boʻlsa, kasalxonaga yotqizish maqsadga muvofiq, yiringli bursit rivojlanganda xaltaga ukol qilish kifoya etmaydi. Jarrohlik amali bajariladi – xaltacha ochilib, yiringi tozalanadi va antibiotiklar buyuriladi.
Surunkali bursitda xaltachaga ukol qilinib, yiringi tozalanadi soʻng qattiq bogʻlab qoʻyiladi. Kasallik takrorlangudek boʻlsa, shilliq xaltacha kesib tashlanadi (bursektomiya).

Tabiiy vositalar bilan kasallikni davolash

Tashqi muolaja uchun xalq tabobati retseptlari

Pichan qoldiqlari ivitilgan suvda choʻmilish: 500–600 gr pichan qoldigʻini bir chelak sovuq suvga solib, qaynaguncha olovda tutiladi, 45 daqiqa tindirilib, suzilgach vannaga quyiladi. Muolaja vaqti 15 daqiqa, harorat 380S.

Asal bugʻim ogʻrigan joylarga yupqa qilib surtiladi, atrofdagi mushaklar ham qamrab olinadi. Asalga toqat qilmasa 1:1 miqdorda un yoki ohor qoʻshiladi. Bugʻim ustiga sellofan toʻshab, bogʻlanadi va jun boʻyinbogʻ bilan oʻraladi. Muolaja 12 soat davom etadi. 5–10 marta bajarish lozim.

Maqolaga baho bering
[Total: 0 Average: 0]
Загрузка...

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan