Insult: belgilari, paydo bo’lish sabablari va davosi

Insult – bosh miyada qon aylanishining oʻtkir buzilishi natijasida miya toʻqimasining shikastlanishidir. Insultning ikki asosiy gemorragik va ishemik turlari bor. Gemorranik insultda bosh miya toʻqimasiga qon qoʻyiladi. Ishemik insultda esa bosh miyani ozuqa bilan taʼminlovchi asosiy qon tomirlari tromboz (berkilish)ga uchraydi. Yoki mayda tomir tarmoqlarida spazm rivojlanadi.

Bosh miya mrt rasmi

Insultga olib keluvchi xavfli holatlar

Insult rivojlanishining xavfini oshiruvchi jihatlar quyidagilar:

  • arterial gipertenziya yoki stenokardiya
  • Nasl suruvchi salbiy irsiyat (qarindosh-urugʻlardan birontasi insult yo miokard infarktga yoʻliqqan boʻlsa);
  • Chekish yoki alkogolni suiisteʼmol qilish (chekish insult ehtimolligini kuchaytiradi). Chekishni tashlagandan keyin insult xavfi pasayadi va 5 yildan soʻng bemor chekmaydigan odamday boʻlib qoladi;
  • Bemor 50-60 yoshdan oshgan boʻlsa;
  • Qandli diabet;
  • Miokard infarktiga yoʻliqqanlar, bosh miya qon aylanishining surunkali buzilishi belgilari (xotira pasayishi, uyqu buzilishi, bosh ogʻrishi, bosh aylanishi, boshdagi shovqin, koʻzning xiralashishi, tananing yarmidagi uvishishlar) yoki insult oʻtkazgan bemorlar;
  • Tez-tez asabiylashish;
  • Aritmiya yoki tromblar hosil boʻlishiga moyillik (qonning ortiq darajada quyulishi).

Insult kasalligi belgilari

  • Sezgining toʻsatdan buzilishi: yuz, qoʻl va oyoqlarda xususan tananing yarmida uvishish va kamquvvatlik paydo boʻlishi.
  • Toʻsatdan tildan qolish yoki soʻzlarni aytish yo tushunishda, matnni oʻqishda qiynalish.
  • Bir yoki ikki koʻzning keskin yomon koʻra boshlashi.
  • Birdaniga harakat moʻljalining buzilishi (chayqalib yurish), keskin bosh aylanishi.
  • Oʻz-oʻzidan paydo boʻlgan, anglab boʻlmaydigan bosh ogʻrigʻi, qusish.

Gemorragik insultda barcha belgilar ishemik insultdagiga qaraganda ancha yaqqol koʻrinib turadi. Bundan tashqari, gemorragik insultda bemor qusadi, yuzi qizaradi, uyquchan boʻladi, ensa mushaklarida spazm roʻy beradi, koʻz toʻr pardasiga qon quyiladi, kasallik birdan boshlanib, avj oladi.
Ishemik insult, odatda, asta-sekin rivojlanadi. Ishemik insultda oʻtkinchi, miya qon aylanishining buzilishi nuqsonlari bir necha oy, yil oldin paydo boʻladi. Ular insult belgilariga oʻxshaydi, biroq bir necha daqiqada, kamdan-kam hollarda bir necha soat mobaynida (24 soatgacha) davom etishi bilan farq qiladi. Koʻpincha bu simptomlar tezda oʻtib ketadi va miya faoliyati tezda tiklanadi. Lekin bunday tiklanishlarga ishonmaslik kerak ishemik kasallik, yillar davomida surunkali ravishda miya toʻqimalarini yemirib boradi. Kishi oʻzida qoʻyidagi noxush belgilarni sezsa, kechga qoldirmasdan tibbiy koʻrikdan oʻtishi kerak.

Ishemik va Gemorragik insult

Ishemik insultning alomatlari:

  • Qoʻl va oyoqlarda oʻtkinchi zaifligi yoki epga kelmaslik, “ertalabki garangsirash” koʻrinishida, xuddi oyoq-qoʻllar uvishib qolgandek namoyon boʻladi.
  • Qisqa vaqtga tildan qolish yoki xotirani yoʻqotish holatlari yuz beradi.
  • Bosh aylanadi, ong zaiflashib, koʻz koʻrmay qolishi yoki narsalar koʻzga qoʻshaloq boʻlib koʻrina boshlaydi.
  • Yurganda gavda chayqalib ketishi, oyoqni sudrab bosishi mumkin.

Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?Imkon qadar 50-60 yoshli kishilar vaqti-vaqti bilan vrach koʻrigidan oʻtishi lozim. Insult alomatlari namoyon boʻlganda tekshirish uchun zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak. Bordi-yu, rostdan ham insult huruj qilgan boʻlsa, zudlik bilan bemorni shifoxonaga yetqazish lozim. Chunki miya ishemiyasi va qon quyilishi oqibatlarini faqat dastlabki soatlardagina toʻxtatib, bemorni saqlab qolish mumkin.

Insult xurujida birinchi yordam

Insultda birinchi yordam. Eng avvalo bemorni karavotga qulay yotqizish kerak va nafas olishni qiyinlashtiruvchi kiyim tugmalarini yechib, havo oqimi bilan taʼminlashni yaxshilash zarur. Ogʻzidan, yasama tish (protez) lari boʻlsa, ularni yechib olib qoʻyish, agar qusgan boʻlsa, ogʻiz boʻshligʻini tozalab, qusuqni chiqarib tashlash kerak. Boʻynini qayrilib, umurtqa arteriyalariga qon kelishi qiyinlashmasligi uchun boshi va yelkalariga yostiq qoʻyish lozim. Kasallik xurujining dastlabki daqiqa va soatlari eng qimmatli sanaladi, aynan shu vaqtda koʻrsatilgan tibbiy yordam eng samarali boʻlishi mumkin. Bu paytda eng muximi iloji boricha tezlik bilan bemorga malakali tibbiy yordam koʻrsatilishidir. Qanchalik tez yordam olinsa keyinchalik kasallik oqibati shunchalik yengilroq boʻladi. Shularni xisobga olib bemorni tezroq shifoxonaga yetkazish chorasini koʻrish kerak

Insult kasalligi davosi. Bemor xurujdan soʻng tuzalib ketadimi?

Muolaja oʻzoq vaqt davom etadi. Davolash oʻz ichiga faqat dori terapiyasini emas balki, parxez, bemor parvarishi, gimnastik mashqlarni ham oʻz ichiga oladi. Dorilar bosh miyada qon aylanishini va miyadagi moddalar almashinuv jarayonlarini yaxshilaydi. Parhez ovqatlar, miya faoliyatini yaxshilovchi mashqlar ham, yoki reabilitatsiyadan ham foydalaniladi.

Bemorlar bevosita insultdan kam halok boʻladilar, aksincha, uning asoratlaridan koʻproq vafot etadilar turgʻun oʻpka shamollashi va uzoq yotish oqibatida. Buning oldini olish uchun yotgan bemorga muttasil gʻamxoʻrlik koʻrsatib, uni parvarishlab turmoq kerak. Uni goh u, goh bu tomoniga agʻdarib, koʻrpa-choyshablarning qatlanib qolishidan xabardor boʻlib turish kerak. Choyshablar toza va quruq boʻlmogʻi lozim. Bemorni toʻgʻri ovqatlantirish, katta va kichik hojatlaridan ogoh boʻlib turish shart. Zarur boʻlganda huqna (klizma) qilinadi, koʻkrak qafasi uqalanadi.

Parhez. Ogʻir ahvolda boʻlganiga qaramay, insultdan keyin birinchi kundanoq, goho ikkinchi kundan bemorga ovqat beriladi. Birinchi ovqat berilganda bemor uni yuta oladimi, yoʻqmi, tekshirish choy qoshiqda sovuq suv tutib, uni yutishni iltimos qilish kerak. Bemor suvni oson yutib, oʻxchimasa, iliq va suyuq ovqat beraverish mumkin.
Aql-hushi joyida va yutish (ovqatlanish) faoliyati buzilmagan bemorlar dastlabki 2–3 kunda suyuq shoʻrva suvi, meva sharbatlari, keyin esa yumshoq yoki qirilgan quyuq ovqat isteʼmol qilsa boʻladi. Yutishi ogʻir boʻlsa, ovqatni boʻtqasimon koʻrinishga keltirish kerak. Maxsus parhez masalliqlaridan va suv ichirgich orqali bolalarga moʻljallangan ovqatlardan, suyuq ozuqalardan berish maqsadga muvofiqdir.

Ovqat iliq, totli va toʻyimli boʻlishi kerak. Bemorni ehtiyotkorlik bilan kichik qoshiqda oz-ozdan, unda dam oldirib ovqatlantiriladi. Ovqatning nafas yoʻllariga ketib qolishidan ehtiyot boʻlish kerak. Goho bemor yeb-ichishdan bosh tortadi. Bunday holga bosh miyaning ishtaha va chanqoqlikka javob beruvchi ayrim qismlarining shikastlanishi sabab boʻladi. Ruhiy hayajon, siqilish ham ishtahaga salbiy taʼsir qilishi mumkin. Bunday holda bemorni tinchlantirish, tasalli berish va bemorga yaxshi ovqatlanish muhimligini tushuntirgan maʼqul.

Bemorlar insult xurujidan keyin tuzalib ketadimi?

Insult xurujini boshidan kechiran kishi kasallikdan keyin uzoq muddat davomida, kamida 1 yil ichida oʻziga keladi. Bu avvalo kasallik xarakteriga, bemorga qanchalik tez va effektiv yordam berilganiga bogʻliq boʻladi. Xuruj oqibatlari juda ogʻir boʻlishi mumkin, bemor tanasini koʻp qismi shol boʻlib qolishi, tildan qolishi mumkin. Bunday vaziyatda kasal kishi ham ruhiy, ham jismoniy aziyat chekadi. Bemorni oyoqqa turib ketishida, yaqin odamlarining parvarishi eng muhim axamiyatga ega. Agar bemor sogʻaya boshlasa, asta sekinlik koʻp jismoniy va aqliy imkoniyatlari oʻziga qaytadi.

Kasallikda buyiriladigan dori vositalari. Bu maʼlumot faqat tanishish uchun, ularni shifokor tayinlaydi

Miya qon aylanishini yaxshilaydigan vositalar: Beknsiklan (Galidor), Vazobral, Vinpotropil, Vinpotsetin (Kavinton), Instenon, Nimodipin (Breinel, Nimotop), Nitseroglin (Sermion), Sinnarizin (Stugeron), Gliatilin (Xolin alfolsserat).

Miyada metabolizmini yaxshilaydigan vositalar: Aktovegin, Gamma-aminobutir kislotasi (Aminolon),Glitsin, Gopanten kislotasi (Pantogam, Pantokolsin), Piratsetam (Autsetam, Nootropil), Piritinol (Ensefobal).

Insultni tabiiy vositalar yordamida davolash

Xalq tabobatida ham bu kasallikni davolashning bir necha yoʻllari mavjud.

Xalq tabobati retseptlaridagi damlamalar

Sallagul (pion) ildizi – tuyilgan ildizdan bir choy qoshiqni bir stakan qaynoq suvga solinadi, issiqda bir soat tindirilib, suzgʻichdan oʻtkaziladi. Kuniga 4–5 marta bir qoshiqdan ichiladi. Yoki bir choy qoshiq tuyilgan ildiz 300 g araqqa solinib, issiq joyda 7 kun tindiriladi. Suzgʻichdan oʻtkaziladi. Kuniga 3 mahal 25 tomchidan ichiladi.

Oq perestupen (sholi oʻt) bir oshqoshiq tuyilgan ildizi 300 g araqqa solinadi, issiq joyda 7 kun saqlanib, suzgʻichdan oʻtkaziladi. Ertalab va kechqurun ovqatdan keyin 25 tomchidan ichiladi.

Katta qonchoʻpning tuyilgan giyohdan 1 oshqoshigʻini 1 stakan qaynoq suvda damlanib, 15 daqiqa tindirilgandan soʻng, suzgʻichdan oʻtkaziladi. Ovqatdan oldin kuniga 3 mahal 2 oshqoshiqdan ichiladi. Muolaja muddati 2–3 hafta. oʻrtacha kattalikdagi 2 ta limon va 2 ta poʻrtahol mayda qilib toʻgʻraladi, urugʻlari olib tashlanadi va goʻshtqiymalagichdan oʻtkaziladi. Olingan qiymaga 2 osh qoshiq asal aralashtiri44 ladi. Uy haroratida bir kecha-kunduz shisha idishda tindiriladi, soʻng muzlatgichga qoʻyiladi. Kunda 2–3 mahal 1 oshqoshiqdan choy bilan ichiladi.

Yarimta limonni archib, toʻgʻraladi, 1 stakan archa bargli nastoyka solinadi (1 oshqoshiq ninabargni 1 stakan qaynatilgan suvga solib, 1 soat damlanadi, suzgʻichdan oʻtkaziladi) va ertalabki nahorda nonushtagacha va nonushtadan soʻng 1 soat oʻtib ichiladi. Muolaja 3–4 oy davom ettiriladi. Koʻk choy ham insultga duchor boʻlgan bemorlarga yaxshi samara beradi. Choy ichayotganda bosimni kuzatib turish kerak!

Insultda qoʻllaniladigan surtmalar

Xalqimiz azaldan insult boʻlganda tez yordam sifatida boshga muzli pufak qoʻyishgan, uni badanning falaj boʻlgan tomoniga qarama-qarshi tomondan qoʻyiladi.
Shol boʻlgan oyoqlarga kuniga bir necha marta har qanday uchuvchan surtma surtgan foydali (1 miqdor oʻsimlik moyi aralashtirish mumkin). Koʻpincha shu maqsadda efirdan foydalanishadi, biroq uni qoʻllayotganda efir tez yonuvchan ekanini unutmaslik kerak.

Lavr yaprogʻi – 30 gr tuyilib, 1 stakan oʻsimlik yogʻiga solinadi va har kuni silkitib-silkitib, 2 oy davomida issiq joyda saqlanadi. Suzgʻichdan oʻtkazilib, qaynash darajasida qizdiriladi. Har kuni falaj boʻlgan joylarga surtiladi.
Surtma: dafna yaprogʻi kukuni – 6 miqdor, mojjevelnik (paxta, qayin, archa) barglari – 1 miqdor, sariyogʻ – 12 miqdor.
Falaj boʻlgan joylarga kuniga 2 martadan surtiladi.

Jigarrang naʼmatak. Uning ildizi qaynatmasiga falaj boʻlgan joy vanna qilinadi. Bemor tuzalayotgan tiklanish davrida kunora vanna qilinadi. Muolaja muddati – 20–30 vanna. Suv harorati 37-38 C boʻlishi kerak.

Maqolaga baho bering
[Total: 1 Average: 5]

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan