Allergologiya

Allergologiya — organizmning allergenlarga nisbatan giperreaksiyasi, ya’ni allergik kasalliklarning kelib chiqishi, rivojlanishi, diagnostikasi va davolash usullarini o‘rganadigan tibbiyot sohasi bo‘lib, bronxial astma, pollinoz, teri toshmalari, anafilaktik shok kabi holatlarni qamrab oladi.