Angiopulmonografiya bu nima? O’pka qon tomirlari rentgen kontrast tekshirish usuli.

Angiopulmonografiya – o’pka qon tomilarini holatini baholashda ishlatiladigan, asosiy diagnostik usul xisoblanadi. Qon tomiriga o’zida yod saqlovchi kontrastli modda kiritiladi. Bu moddani o’ziga xos xussiyatga ega bo’lib, rentgen nurlarini yutadi va rentgen tasvirida yaqqol ko’rinadi.

O'pka. Angiopulmonografiya
Google Images

Mutaxassislar bunday tasvirlarga qarab, o’pka qon tomirlarida o’zgarishlarni aniqlashadi.

Bu metod 2 turga umumiy va selektiv angiopulmonografiyalarga ajratiladi. Umumiy angiopulmonografiyada kontrast vosita o’pka arteriyasining o’ziga kiritiladi. Va shu yo’l bilan kichik qon aylanish doirasining barcha qon tomirlari tasvirga tushadi.

Selektiv usul bilan o’pka arteriyasining faqat bitta tarmog’iga kontrast modda kiritiladi shu yo’l bilan faqat bitta o’pka yoki uning bo’lagini qon oqimi holati baholanadi.

Angiopulmonografiyaga ko’rsatmalar. Qanday kasalliklarda bu usul qo’llaniladi

  • O’pka rivojlanishining tug’ma anomaliylari
  • O’pka o’smalariga gumon qilinganda
  • Bronxoektaz kasalligi
  • O’pka atreriyasi emboliyasi
  • Kichik qon aylanish doirasidagi tomirlaridagi patologik o’zgarishlar
  • O’pka qon aylanishi tomirlarining holatini baholash uchun yoki tug’ma yurak nuqsonlarida yurak jarrohligiga tayyorgarlikda

Angiopulmonografiya qarshi ko’rsatmalar

  • O’tkir yuqumli kasallik.
  • Bronxial astma.
  • Yod preparatlariga allergik reaktsiyalar tarixi.
  • Buyraklar faoliyatining etishmasligi.
  • Jigar faoliyatining etishmasligi.

Diagnostik muolajaga tayyorgarlik

Tadqiqotga tayyorgarlik jarayonida tekshiruv o’tkaziladi:

  • Umumiy qon analizi
  • Koagulogramma (Qon ivish ko’rsatkichi)
  • Qonning biokimyoviy tekshiruvi
  • Qon guruhi va Rezus omil
  • EKG 
  • ExoKG (Yurak ultratovush tekshiruvi)
  • Tadqiqot arafasida kateter qo’yiladigan soha ustida tuklarlarni qirib tashlash kerak. O’pka angiografiyasi och qoringa o’tkaziladi

Angiopulmonografiya amaliyotda qanday bajariladi

Angiyopulmonografiya paytida bemor operatsiya stoliga yotadi. Muolaja boshlanishidan oldin bemorga mahalliy anesteziya qilinadi. Son venasi igna bilan punksiya qilinib so’ng (qon tomir devorining teshilishi) unga maxsus provodnik kiritiladi, u orqali esa kateter o’tadi.

Kateter son venasi bo’ylab avval o’ng yurak bo’lmachasiga, so’ngra esa o’ng qorinchaga yetib boradi. U yerdan kateter, o’pka arteriyasi magistraliga kirib boradi. Agar umumiy angiopulmonografiya o’tkazilayotgan bo’lsa, u holda shu yerda kontrast modda in’ektsiyasi boshlanadi. Selektiv angiopulmonografiya uchun kateterni o’pka arteriyasining shoxlaridan biriga – o’ng yoki chap tarmoqlaridan biriga o’tkaziladi.

O’pka ateriyasi emboliyasi yoki pastki kovak vena trombozini tashxislash uchun kateterni o’mrovosti venasi yoki ichki bo’yinturuq venasiga kiritish zarur.

O’pka arteriyasiga kontrastli moddani yuborish paytida bemorda o’tkir yo’tal, yuzga qon quyilish xisssi va og’izda sho’r ta’m sezish kabi holatlar kuzatilishi mumkin. Kontrastni kiritish bilan bir vaqtda yuqori tezlikda rentgenografiya ikkita proektsiyada amalga oshiriladi. Natijada kompyuter xotirasida saqlanishi va qayta ko’rib chiqilishi mumkin bo’lgan bir qator tasvirlar paydo bo’ladi. Angiopulmonografiya tugagandan so’ng kateter chiqariladi va qon ketishining oldini olish uchun tomirning teshilgan joyi ehtiyotkorlik bilan bosiladi. Keyin aseptik bosim bog’lam qo’yiladi.

Angiopulmonografiyaning asoratlari

  • Arteriyaning punksiya qilingan joyidan qon ketish
  • O’pka arteriyasining trombozi
  • Kateter kiritilishi bilan yurak bo’lmacha yoki qorincha devorining jarohatlanishi.
  • Yurak ritmining buzilishi.
  • Yod o’z ichiga olgan kontrast moddaga allergik reaktsiya.

Angiopulmonografiya natijalarini talqin qilish (interpretatsiya)

Tadqiqot natijalarini baholashda o’pka tomirlarining patologik burilishlari, ularning torayishi, kengayishi va qo’shimcha tarmoqlari borligi aniqlanadi. O’pka arteriyasining tromboembolizatsiyasida tromblar tasvirdada aniq ko’rinadi. Mutaxassis uning o’lchamlari va lokalizatsiyasini aniqlay oladi. Qon tomir tasviri tabiatiga qarab, o’pkada o’sma borligini tahmin qilish mumkin.

Manba

Maqolaga baho bering
[Total: 1 Average: 5]

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan