Ozish sirlari, Ibn Sino tavsiya etgan usullar
Ozish sirlari, qadimgi sharq tabobatida ortiqcha tana vaznidan qanday usullar yordamida qutulishgan? Buyuk tabib Ibn Sino, o’zining kitoblarida inson salomatligining barcha qirralari haqida fikrlarini yozib qoldirgan. Shu jumladan ortiqcha vazn to’g’risida ham. Unga ko’ra semizlikning sababi odam mijozining komil emasligi, ya’ni nuqsonga egaligidir. Inson tabiatining issiqligi, tug’ma yoki kishining zararli odatlari odatlari tufayli sovuqligi bilan muvozanati buzilib, issiqlik ustun kela boshlaydi. Organizmning nozik muvozanati buzilishi esa ochlik xissini kuchayishiga va moddalar almashinuvini sekinlashuviga olib keladi. Moddalar almashinuvi sekinlashuvi esa organizmda ortiqcha yog’larni to’planishiga sabab bo’ladi.
Qanday qilib semizni oriq qilish to’g’risida
Buning uchun quyidagi choralarni qo’llamoq zarur: oziqni me’dadan ichakka tushishini tezlashtirishadi, bunga sabab shuki ingichka tomirlar [oziqni] so’rib olishga ulgurmasin. Katta hajmda taom tanovul qilinsin, biroq to’yimsiz bo’lsin. Ovqatlanishdan oldin hammomda doimo cho’milish, qisqa va tez jismoniy mashqlarni bajarish lozim. So’ruvchanlik xususiyatiga ega bo’lgan moylarni surtib, badanni yengil uqalash. Dorivor vositalardan esa kichik atrifiya, lakka va teryak berish joiz.
Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari 1-jild
Tib qonunlarida ko’rsatilgan dorilarni aksariyatini hozirgi vaqtda topishning ilojisi yo’q. Yuqoridagi yozilgan vositalardan ham hozirgi vaqtda foydalanilmaydi. Lekin ulug’ shifokor ko’rsatmalarini zamonaviy sharoit moslab o’girib, amal qilsa bo’ladi. Ozish uchun moddalar almashinuvi tezlashtiruvchi quyidagi tafsiyalarga rioya qilish zarur.
Ozish sirlari. Amal qilish kerak bo’lgan tavsiyalar
1. Shakar va sekin hazm bo’luvchi taomlarni iste’mol qilishni cheklash
Ovqatni organizmda yurishini tezlashtirish uchun, ortiqcha hech narsa qilish shart emas. Ozish sirlari orasida eng oddiysi, bu qoida bor yo’g’i oshqozonda uzoq ushlanib qoladigan mahsulotlarni iste’mol qilmaslik zarur. Bunday taomlarga unli, gurunchli, donli mahsulotlar kiradi. Tanada yog’ massa ko’payishi kishi ko’p yog’li taom tanovul qilayotganidan emas balkim, ko’proq uglevod, shakarlarni iste’mol qilayotganini ko’rsatadi. Juda kam yog’ iste’mol qilib ham, yog’ bosib semirish mumkin. Chunki uglevodlar organizmda biokimyoviy yo’l orqali zaxira yog’larga aylanish xossasiga ega. Uglevod eng ko’p shakar va shirinliklarda, undan tashqari katta miqdorda non, makaron, don, gurunch, kartoshka mahsulotlarida bo’ladi. Yana shakar gazlangan yaxna ichimliklarga, paketlangan soklarga, chipslarga, souslarga qo’shiladi.
2. Ko’proq sabzavot va mevalar iste’mol qilish
Meva va sabzavotlar ozimoqchi bo’lganlarga eng yaqin yordamchi.
Bu mahsulotlarda saqlanuvchi foydali oziqalar, kletchatka kabi moddalar hajmi katta bo’lsa ham, past energetik qiymatga ega. Shu sababli ularni katta miqdorda yeyish mumkin. Undan tashqari ko’pchilik sabzavotlar organizmni tozalash xussusiyatiga ega.
3. Ko’proq oqsil mahsulotlari
Oziqa mahsulotlarida ichida oqsillar eng katta ahamiyatga ega, yer yuzidagi barcha tirik mavjudotlar to’qimalari ulardan tuzilgan. Ozish sirlaridan biri bu o’zida katta miqdorda oqsillarni saqlovchi mahsulotlarni ko’proq iste’mol qilishdir. Ko’pincha organizm oqsillarni o’zlashtirish uchun, ularni hazm bo’lishidan hosil bo’ladigan energiyadigan ko’proq kuch sarflaydi. O’rtacha olganda yuqori oqsilli dieta kuniga 100-150 kkal ko’proq yo’qotadi.
Bundan tashqari oqsilli ovqatlar uzoq vaqt to’q saqlashi oqibatida, kun davomida umumiy yeyilgan ovqat massasini kamayishiga sabab bo’ladi.
Tarkibida ko’p miqdorda oqsil saqlovchi mahsulotlar:
- Go’sht
- Sut mahsulotlari
- Tovuq tuxumi
- Baliq va dengiz mahsulotlari
- Donlar
- Dukkaklilar (no’xot, araxis)
4. Ovqatlanish tartibi
Ozish sirlari ichida ovqatlanish tartibi alohida muhim o’ringa ega. Masalan bugungi kundagi kechki ovqat va ertangi kundagi nonushta orasida kamida 8 soat farq bo’lish kerak. Organizmga, hazm tizimiga tin olishga yetarli vaqt berilishi kerak. Biroz miqdorda ortiqcha ovqatlanayotgan kishi, agarda taom qabul qilish vaqtlar orasidagi muddatlar uzoqligiga amal qilsa, semirib ketish xavfidan ancha yiroqda bo’ladi. Va yana pala-partish ko’chada va yo’lda ovqatlanishdan bosh tortish kerak bo’ladi.
Tezroq ozish ishtiyoqida bo’lsangiz qiyinroq hazm bo’ladigan, lekin to’yimsiz taomlar bilan o’zingizni qiynashga to’g’ri keladi. Qancha ko’p hajmda bo’lsa shuncha yaxshi. Bular kam kaloriyali lekin oqsil miqdori ko’p bo’lgan mahsulotlar. Ular quyidagilar.
- Yog’siz kefir;
- Pishloq;
- Tvorog;
- Tovuq tuxumlari,
- Chuchuk suv baliqlari;
- Oz kaloriya go’shti (oq tovuq, kurka, quyon) ;
Esdan chiqarmaslik zarur ovqat hazm qilishga energiya sarflanadi. Uglevodlarni parchalashga eng kam energiya ketadi va bir vaqtning o’zida ulardan hazm jarayonida eng katta energiya chiqadi. Oqsillarda buning aksi kuzatiladi.
5. Jismoniy mashqlarning ozishda ahamiyati
Vazn kamaytirishda jismoniy mashqlarga ham e’tibor qaratish lozim. Buning uchun alohida mashqlar shart emas. Hayot tarzini o’zgartirishning o’zi kifoya. Ko’proq piyoda yurish, uy yumushlarida qarashish. O’troq hayot tarzidan voz kechish. Qaynoq hammom va massaj yaxshi natija beradi. Maxsus kosmetik efir moylari bilan badan uqalansa unda qon aylanishi yaxshilanib, zararli mahsulotlar ter bilan birga chiqib ketadi.
Bu ozish haqida ma’lumotlar edi, e’tiboringiz uchun rahmat.
assalomu alekum man bolajak onaman xomlador bola olmayapman bunga vaznim sabab bolsh mumkun deyishyapdi nma qilsam oziman juda tez va hunuk semrmoqdaman maslahatingiz iltmos
Assalom Alaykum. O’ziz ham bilasiz, bu savol ko’plarni qiziqtiradi. Oldi qochdi maslalhatlar ham ko’p. Ozishni birdan bir yo’li, kamroq kaloriya istemol qilish va ko’proq kaloriya sarflash. Eng ko’p kaloriya og’ir jismoniy mehnatda sarflanadi. Eng ko’p kaloriya og’ir uglevodlarda bo’ladi. Qisqasi kamroq yeyish, ko’proq harakat. Boshqa yo’li yo’q. Hammasi inson irodasiga bog’liq.
Haftani ayrim kunlarini doimiy ravishda ro’za tutishga ajratishni tafsiya qilishim mumkin, qolgani o’ziga bog’liq.
Assalomu alaykum men hozirda fitnesga qatnashyapman. Parhez qilmoqdaman . Agar ortiqcha vaznimdan qutulsam fitnesga bormasam yana semirib ketamanmi har doim ham fitnesga bora olmayman nima qilsam bo’ladi