Uretrit – siydik yoʻllari shamollashi, belgilari va davolash

Uretrit kasalligiUretrit – siydik yoʻllari shamollashi infeksiyali yalligʻlanish kasalligidir. Bu yullar umumiy qilib olganda 2 ga boʻlinadi, birinchi qismi orqali buyraklarda xosil boʻlgan siydik qovuqda.   toʻplanadi. Ikkinchi qism orqali esa siydik qovuqdan tashqariga chiqarilib yuboriladi. Shuni taʼkidlash kerakki siydik-tanosil aʼzolari, ayniqsa, siydik chiqarish yoʻllari organizmga kiradigan infeksiyalar uchun eng katta darvozalardan biri xisoblanadi. Bu aʼzolardagi patologik jarayonlar, vaqtida chora koʻrilmasa rivojlanib yuqoriga koʻtarilishi va hayotiy muhim a’zolarni shikastlashishi mumkin

Uretrit kasalligi rivojlanish sabablari

Uretritning ikki xili uchraydi: maxsus (jinsiy yoʻl bilan oʻtadigan kasallik sababli) va nomaxsus uretrit. Xastalik rivojlanish sabablari turlicha boʻlishi mumkin, lekin koʻpincha kasalikka bakteriyali infeksiya sabab boʻladi. Zararli mikroorganizmlar faoliyati tufayli siydik yoʻllari shamollashi kuzatiladi. Kasallik sababiga bogʻliq ravishda quyidagilar ajratib koʻrsatiladi:

  • Yuqumli kasallikning muayyan qoʻzgʻatuvchisi gardnerellez, genital gerpes, soʻzak, kandidoz, mikoplazmoz, trixomoniaz, xlamidioz
  • “Odatdagi” mikroorganizmlar (bakterial kasallik)
  • Siydik chiqarish yoʻli shikastlanishi(jarohatli uretrit)
  • Ozuqa va dori allergenlari taʼsiri (allergik uretrit)
  • Moddalar almashinuvi buzilishi (fosfaturiya, oksalaturiya, qandli diabet)

Kasallik belgi va alomatlari

Uretrit belgilari ancha yorqin namoyon boʻladi. Bu belgilar koʻpincha peshob chiqarish vaqtida kuchli ogʻriq va siydik bilan chiqadigan quyuq ajratmalar koʻrinishida boʻladi.

  • Oʻtkir uretritda peshob chiqishi vaqtida, siydik yoʻlining tashqi teshigida jizillagan ogʻriq turadi.
  • Tekshirilganda peshob chiqish yoʻlining tashqi teshigi atrofida shilliq pardaning qizargani va shishganini koʻrish mumkin, yiring yoki shilliq yiring oqib turgan boʻladi
  • Goho shu yiring faqat ertalablari peshob chiqarish yoʻli tashqi teshigini yelimlab turgan qobiq koʻrinishida koʻzga tashlanadi. Peshob odatda tiniq boʻlib, yakka-yakka yiring iplari koʻrinadi

Choʻzilib ketgan uretritda shamollash uretraning orqa boʻlimiga va qovuq boʻyinchasiga tarqaladi (yalpi uretrit).

  • Oʻtkir yalpi uretritda peshob tez-tez qistaydi, oxirida ogʻriq turadi, peshobda yiring (piuriya) va qon (gematuriya) paydo boʻladi.
  • Samarali muolaja qilinmasa, uretrit surunkali kasallikka aylanib ketishi mumkin

Yuqorida aytilganidek vaqtida chora koʻrilmasa kasallik jiddiy muommolarga olib kelishi mumkin. Uretritning eng xavfli asoratlari:

  • Peshob chiqish yoʻlining bitib qolishi yoki torayishi
  • Yiringli prostatit
  • Orxoepididimit, yaʼni moyak va uning ortigʻini yalligʻlanishi

Shifokorga qachon murojaat qilish kerak? Uretrit alomatlari sezilishi bilan shifokor urolog koʻrigidan oʻtish kerak.

Siydik yoʻllari shamollashini davolash

Uretritning har qanday holida jinsiy yoʻl bilan oʻtadigan kasalliklarni taxlil yordamida istisno etish zarur (trixomoniaz, xlamidioz, soʻzak va hokazo).
Tashxis umumiy koʻrik maʼlumotlariga, peshob chiquvchi yoʻl ajratmasi yoki uretrit shilligʻining bakteriologik va bakterioskopik tekshiruvi oʻtkazilishiga asoslanadi. Koʻrsatkichlar boʻyicha uretroskopiya bajariladi.

Siydik yoʻllarini davolash odatda ambulatoriya tartibida (uy sharoitida) olib boriladi. Dorilar kasallik etiologiyasiga bogʻliq ravishda tanlanadi. Nomaxsus uretritda shifokorlar parhezga rioya qilishni tavsiya etadilar, peshob chiqish yoʻlini antibakterial preparatlar bilan yuvadilar, ichiladigan antibiotiklar tayinlaydilar. Maxsus uretrit muolajasida antibakterial dorilar bilan davolash ostida qoʻshimcha ravishda immunomodulyatorlarni qoʻllaydilar, ularni tanlash bakteriologik taxlillarga bogʻliq. Surunkali uretritda fitopreperatlar, yaʼni shifobaxsh giyohlardan tayyorlangan dorilar samaraliroqdir.

Parhez. Toʻq tutuvchi ovqatlar tavsiya etiladi. Peshob yoʻllarini bezovta qiladigan mahsulotlar istisno etiladi, ularga: efir moyi va yoki shovul kislotasiga boy sabzavotlardan piyoz, sarimsoqpiyoz, sholgʻom, turp, behi, ismaloq, shovul kiradi. Yurak-tomir tizimi va buyrak tomonidan aks koʻrsatmalar boʻlmasa peshob yoʻllarini yuvish uchun koʻp suyuqlik ichish kerak (kunda kamida 2 l): choy, maʼdanli suv, sharbatlar, morslar va hokazo.

Jarrohlik muolajasi. Peshob chiqish yoʻli strikturasi (torayishi) rivojlanganda naycha suqish yoki plastik jarrohligi usuli bajariladi. Yiringli prostatit rivojlanganda (prostata bezi) abssesslari (yiringlari) ochiladi va tozalanadi.

Uretritni davolash uchun tabiiy vositalar

Siydik yullarini davolash uchun quyidagi vositalardan foydalanish mumkin. Quyidagi retseptlardan foydalanishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

Qayin yaprogʻi, lub giyohi, qizilmiya ildizpoyasi, archagul yaprogʻi – teng miqdorda olinib aralashtiriladi. Uning 10 gr ni 300 ml qaynatilgan suvga solib, suv hammomida 10 daqiqa isitiladi, termosda 2 soat tindiriladi, suziladi. Iliq holda oz-ozdan, yarim stakandan kunda 3 mahal ovqatdan 1 soat oldin ichiladi. Maymunjon mevasi, petrushka ildizi, salinchoʻp giyohi,   dastarbosh giyohi – teng miqdorda aralashtiriladi va tuyiladi. 10 gr tuyilgan toʻplamdan 250 ml qaynatilgan suvga solib, 5 daqiqa qaynatiladi. Soʻngra issiqda 2 soat damlanib, suziladi. Yarim stakandan kunda 4 mahal iliq holda ovqatdan keyin ichiladi.

Boʻtakoʻz guli, grushanka giyohi, qichitqioʻt giyohi – teng miqdorda olinib, 8 gr ni 250 ml qaynatilgan suvga solinadi. Termosda 4 soat damlanib, suziladi. 1/4 – 1/2 stakandan kunda 3–4 mahal ovqatdan 30 daqiqa oldin ichiladi.

35 Comments

  1. Salom men homiladorman homilam 2 oylik peshop chiqaradigan azomni bir tomonida shish bor u og’riq beryapti buni homilamga tasiri yoqmi iltimos javob bering

      1. Assalomu alaykum menda xojatga borgandan soʻng gohida achshish paydo boʻladi siydik yoʻlida xojatdan qaytganimdan soʻng yana siydik qolib ketganday boʻladi achiq yigandan 3 yo 4 soatlarda hojatga chiqsam achishish paydo boʻladi jinsiy azoyimdan shilimshiq narsalar kelyabdi goh gohida iltimos menga samaraliy bir davolash usulini koʻrsating man hozir rassiyadaman doʻktirga koʻrnishga sharoyitim yoʻq hozir iltimos javob bering

    1. Assalom Alaykum. Pediatr shifokor ko’rigiga ko’ringaniz yaxshi. Siydik ushlay olmaslik sababi turli xil. Shamollagan bo’lsa kerak

  2. Menda siyish jarayonida kuchli og’riq sanchiq kam kamdan qon kelishi kundan kunga siydik chiqishi qiyinlashayapti chiqib bo’lganimdan so’ngham kuchli sanchiq bo’layapti qanday maslahat berasiz

    1. Салом. 5-Нок таблетка ичиб куринг. Ёки шифокор консултациясига боринг.

  3. assalom alekum mand shamollash bor tepada etilgan alomatla bo’voti siydik yo’li achishishi irig kelishi i qizarish qanaqa dori tavsiya qilas

  4. assalom alekum mand shamollash bor tepada etilgan alomatla bo’voti siydik yo’li achishishi irig kelishi i qizarish qanaqa dori tavsiya qilas yordam berin iltimos

    1. Assalom Alaykum. Ortga surmasdan shifokor urolog ko’rigiga boring. Hech kim sizga masofadan turib tashxis qo’yib davolay olmaydi axir.

  5. assalom aleykum men bir joyda soatlab o`tiraman ishim shunaqa. sovuqda buyrakni shamollatdim shekilli hojatga chiqib kelganimdan keyin ham yana tomchi tomchi siydik kelib turadi lekin menda hech qanaqa achishish og`riq yoq buyrakda shamollash va siydik tomchi tomchi kelib turishi xovotirga solyabdi meni 2ta joyga borib ukol dori oldim birinchisida surxondaryoda 10 kun. ikkinchisida toshkentda urologga ko`rinib 3 kun muolaja oldim surxandaryoga qaytganimdan so`ng 5 kun yana ukol oldim ukol olganimdan keyin foydasini ozroq sezdim lekin oz vaqtdan keyin yana shu narsa meni bezovta qilyabdi siz nima deb maslaxat berasiz agar telegramiz bo`lsa sizga olgan ukol dorilarim ro`yxatini rsamini tashayman iltimos maslaxat bering.javob uchun oldindan raxmat

    1. Assalom alekum. Jinsiy aloqa qilganimda mening shahvatim qon aralash kelyapti. Qanday dorilar tavsiya qilasiz. Aloxida hech qanday belgi yoq.

  6. Homilam 5 oylik. Siydik yo’llarimda shamollash bor ekan doim og’riqli siyish kuzatilyapti. Uravit ampitsilin tabletka ichyapman. Negadur foydasi bo’lmayapti. Nima maslahat berasiz

    1. Assalom Alaykum. Iltimos tushuning. Internetdan yoki boshqa joylardan tog’ri kelgan odamni maslahatini davolanish maqsadida izlamang, ayniqsa bu homilador ayollar va yosh bolalarga taluqli. Medlife.uz yoki unga o’xshash manbalar faqat tanishish va kasallik yoki haqida to’liqroq tasavurga ega bo’lish uchungina yaratilgan. Siz yashash joyiz bo’yicha poliklinikadan ro’yhatdan o’tganmisiz? Ular sizni doim kuzatib borishlari va tibbiy yordam berishlari kerak. Agar ularni yordamidan qoniqmayotgan bo’lsaz boshqa malakaliroq shifokorlarga murojat qiling.

  7. Assal aleykum men siyganimda har doim emas siydik puvagi tulib siyganimda ogriq bolyapti va siyib bolganimdan keyin ham xojat hisini sezyapman hojatga borsam yana kamgina chiqadi yana qovuqda ogriq ham boladi siyib bolsam ham siygim kelyapti har doim emas tulib ketgan paytida

  8. Assalomu alaykum menda peshob chiqqandan keyin pockamda qandaydir og‘riq bo’ladi keyin ko’p hojatga chiqobman shunga nima qilsam bo‘ladi

  9. Menda siyganimda og’riq yuq normal holatda siyaman lekin siyip bulganimdan keyin 2-3 minutlardan keyin yursam utirip tursam yotsam siydik sekin oqip keladi tomchilap bu kop noqulayliklarni keltirip chiqaryapti qandayaslahat berasiz

    1. Assalomu alaykum. Hojayinimda peshobdan keyingi ogriq bolyabdi bunda qanday maslaxat berasiz. Bizda shifokrga uchrashish biroz muammo biz rassiyadamiz uy sharoitida davolashning iloji bolsa aytsayiz oldindan rahmat

  10. Assalomu alaykum. Hojayinimda peshobdan keyingi ogriq bolyabdi bunda qanday maslaxat berasiz. Bizea shifokrga uchrashish biroz muammo biz rassiyadamiz uyga sharoitida davolashning iloni bolsa aytsayiz oldindan rahmat

  11. Oglimnin siydik shiqarishi qiyin ozi 10 oylik yiglaydi qattiq peshop shiqargan zohoti yana titirap ketadi kop siydik shiqara olmaydi ozdan shiqaradi nima qilishimni bilmayapman yordom bering uy shoroyatida davasi bormi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan