Saraton (Rak) haqida hamma bilish kerak bo’lgan faktlar

Saraton haqida faktlar
Medlife.uz

Saraton haqida gapiradigan bo’lsak, u anchadan beri yer yuzida tarqalgan kasalliklar ichida 2-o’rinni egallab turibdi. Bu xavfli va ko’pincha o’limga olib keladigan dard. Hozirgacha ham qiyinchilik bilan davolanadi, oxirgi bosqichlarida esa umuman davosiz. Bu dard haqida hamma bilishi kerak bo’lgan faktlar.

Saraton turlari to’g’risida bilmoqchi bo’lsangiz bu yerda to’liq ma’lumot

Saraton haqida faktlar.

1. 50 % saraton kasalliklarini oldin olish mumkin.

Saraton kasalliklari olib kelgan o’limlarni deyarli yarmini oldini olish mumkin edi. Faqat 2015-yilning o’zida saratondan 1.6 mln kishi vafot etdi. Erta tashxis qo’yilganda ularning yarmini hayoti saqlab qolingan bo’lardi.

2. Nom bitta – saraton (rak), kasalliklar esa juda ko’p.

Saraton – bu yuzlab kasalliklar uchun umumlashtirilgan ismdir.

Saraton haqida gapirilganda aslida xafvli o’smalarning bittagina turi – kartsinoma nazarda tutiladi. Tibbiyotning butun bir sohasi onkologiya bu kasalliklarni o’rganadi

3. Saraton va genetika

Faqat 5% gina saraton kasalliklari irsiy aloqaga ega ya’ni avloddan-avlodga o’tishi mumkin. Shuning uchun ham kimdir saraton ko’pincha irsiy tabiatga ega bo’ladi desa ishonmang. Agar ajdodlarizda saraton bo’lgan bo’lsa bu sizda ham o’sma paydo bo’ladi degani emas.

4. Chekish va saraton haqida

Kim nima deyaversin, lekin haqiqatdan ham 90% holatda o’pka saratoni sababchisi chekish bo’lib chiqadi. To’g’ri chekmaydigan odamlar ham kasallanishi mumkin, faqat chekuvchilarga nisbatan ancha kam ehtimol bilan. Chekishni tashlaganiga 10 yillar bo’lgan bo’lsa ham, dard 55-60 yoshli insonlarga ko’pincha yoshlik hatolarini eslatib qo’yadi.

5. Uyqusizlik va saraton

Inson uyqusiz uzoq yashay olmaydi. Tungi uyqu 6 soatdan kam bo’lsa uyqusizlik deb ataladi. Sog’lom uyqu kasallikni oldini olishda muhim ahamiyatga ega.

Uyqusizlik to’g’ri ichak saratoni bilan kasallanish ehtimolini anchagina oshiradi. Undan tashqari izlanishlar ko’rsatishicha tungi navbatchilikda ishlayotgan odamlarda saraton bilan og’rish darajasi yuqoriroq bo’lar ekan.

6. Hattoki bollalar ham saraton bilan og’riydilar.

Hozir bu bilan hech kimni hayron qoldira olmaysan, lekin ilgari bolalar saraton bilan juda kam kasallanar edilar. AQSHdagi ma’lumotlariga qaraganda har kuni 40 ga yaqin bolaga yomon o’sma tashxisi qo’yiladi. Bunga sabab ekologik o’zgarishlar. Bolalar ona qornidayoq pestidsidlar va oziq-ovqat tarkibidagi konservantlar, qo’shimchalar bilan zaharlanib kelmoqda.

7. Rivojlangan davlatlarda saraton ko’proq tarqalgan. 

Bunga sabab shaharlar aholisining hayot tarzi va ekologik buzulishlar. Bugunnga kelib saraton yiliga sil va OITS dan ham ko’proq inson o’limiga sababchi bo’lmoqda. Dunyodagi har 8 ta o’limdan bittasi saraton haqida eslashga majbur qilmoqda.

8. Saraton uzoq muddat belgilarsiz rivojlanishi mumkin

O’pka, tuxumdon, to’g’ri ichak saratonlari uzoq muddatgacha hech qanday simptomlarsiz kechishi mumkin. Kasallik aniqlanganda esa kech bo’lgan bo’ladi. Shuning uchun 50 yoshdan o’tganda doimiy ravishda ko’rikdan o’tib turish zarur.

9. Emizikli ayollar ko’krak bezi saratoniga uchrash xavfi kamroq

Doimiy sut bilan emizish ayollarda gormonal o’zgarishlarga to’sqinlik qilib saraton oldini oladi. Hozirgi kunda ko’krak bezi saratonini ayollar orasida keng tarqalish eng asosiy sabablari:

  • Ko’krak bilan emizishdan bosh tortish
  • Kech farzandli bo’lish va kamfarzandlilik.

E’tiboringiz uchun rahmat.

Maqolaga baho bering
[Total: 7 Average: 3.3]

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan