Saraton kasalligi turlari, ko’p uchraydigan ko’rinishlari
Oddiy odam uchun bu dard o’lim hukmi bilan barobar. Lekin aslida saraton kasalligi turlari juda ham xilma-xil bo’ladi. Uning bazi turlari osonlikda aniqlanadi va samarali davolanadi. Kasallik to’g’risida ko’proq bilmoqchi bo’lsangiz, u haqida hamma bilishi kerak bo’lgan faktlar haqida o’qing.
Saraton kasalligi turlari
Tibbiyot fanida onkologik kasalliklar qaysi a’zolarda uchrashiga qarab guruhlarga bo’linadi. Umuman olganda saraton deb faqat epiteliy hujayrlarda uchraydigan o’smalarga aytiladi. Xavfli o’smalarning boshqa turlari masalan mushaklar hamda suyaklarda uchraydiganlariga sarkomalar deb ataladi. Limfomalar esa limfa tugunlarini shikastlaydi.
O’sma 2 xil bo’lishi mumkin yaxshi hamda yomon. Yaxshilari barqaror, o’zgarmaydi atrofi o’zi o’sib chiqqan to’qima bilan qoplangan. Eng muximi ko’payib organizm bo’ylab taqalmaydi, ular xavfsiz. Yomon o’smalar esa ko’payib atrofdagi to’qimalarni egallab oladi, metastazlar (bo’laklarga bo’linib tarqalish) beradi. Ular o’ta xavfli.
Mundarija
Saratonning eng ko’p uchraydigan ko’rinishlari
Bugungi kunga kelib kasallikning 10 ta turi eng ko’p uchraydi. Shulardan 8 tasi odam a’zolarini, 2 tasi esa qon va limfa a’zolar tizimini shikastlaydi. Ular quyidagilar.
Ko’krak bezi saratoni, hammasini erta tashxis xalq qiladi
Butun jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra har yili 1.5 million ayollarga bu diagnoz qo’yiladi. O’tgan asrlarda asosan qari yoshdagi ayollar og’rigan bo’lsa, endilikda borgan yosh ayollar ham bu dardga chalinmoqda. Bu qo’rqinchili dard lekin davosi bor, qancha erta tashxis qo’yilsa shuncha yaxshi.
Ko’krak bezi o’smasi kelib chiqish sababi shifokorlarga hozircha noma’lum. Ekologiya va irsiyat muhim rol o’ynashi aniqlangan. Qishloq ayollari shahar ayollariga nisbatan 30% kamroq kasallanadi.
Saraton 4 bosqichda boradi. Agar kasallik 1-bosqichda aniqlansa 5-yil ichida yashab qolish imkoniyati 94%, 2-bosqichda aniqlansa 79%. 4-bosqichda aniqlangan o’smani deyarli davolashning iloji yo’q, bunda shifokor faqat bemor ahvolini yengillashtirishga harakat qiladi. Kasallikni o’z vaqtida aniqlash, uning alomatlarini oldindan payqab mutaxassisga murojaat qilish inson hayotini saqlab qoladi.
Rakni davolashda 5 yil davomida yashab qolish ko’rsatkichi degan tushuncha keng ishlatiladi. Bu ko’rsatkich qancha yuqori bo’lsa, shuncha tuzalib ketish ehtimoli yuqori bo’ladi.
Davolash usullari:
- Jarrohlik yo’li bilan. Bu davollashning asosiy usullaridan biri. O’smaning o’chamlariga qarab ko’krak bezi saqlab qolinish yoki butunlay olib tashlanishi mumkin. Buni davolovchi shifokor halq qiladi.
- Kimyoterapiya. Har xil kimyoviy dorilar qo’llaniladi. Ko’pincha operatsiyadan oldin yordamchi vosita yoki jarrohlikdan so’ng kasallik qaytalamasligi uchun ishlatiladi. Odatda 3-6 oy mobaynida qo’llaniladi. Nihoyatda organizmga zaharli ta’sir ko’rsatadi. Qon hosil bo’lish, immunitet jarayonlarini buzulishiga, soch, qosh-kipriklarni to’kilishiga oib keladi.
- Radioterapiya yoki nur terapiyasi. Bu usulda o’simta kuchli rentgen aparatiga o’xshash asboblar borqali nurlantiriladi. Bu yordamchi usul dard qaytalamasligi uchun jarrohlikdan so’ng yoki oldin operatsiyaga tayyorlash uchun tayinlanadi. Kimyoterapiyadan farqi unchalik zaharli emas, lekin murakkab har doim ham tayinlab bo’lmaydigan usul.
Buyrak saratoni
Har yili kasallikning bu turi bilan 190000 kishi og’riydi, 90000 dan ko’proq kishi o’lim topadi. Uzoq muddatgacha kimyoterapiya preparatlariga ta’sirchan emas deb xisoblab kelingan. Xozirda tadqiqotchilar borgan sari davolashda yaxshi natijalarga erishib kelmoqda. O’sma 1-bosqichda aniqlansa har 10 ta bemordan 9 tasi yashab ketadi. Oxirgi 4-bosqichda aniqlangan o’smani esa yengib bo’lmaydi.
To’g’ri Ichak o’simtasi
Ichakni shikastlaydigan saraton turlari ichida bu o’smalar o’zini uzoq muddat 20-25 yil o’sishiga ko’ra boshqalardan ajralib turadi. Ba’zida yangi xavfli xosilalar poliplardan rivojlanadi. Poliplar to’qimalarning shilliq qavatlari ustidan anomal o’sib ketishidir. Ular deyarli har 2 ta odamdan bittasida bor. Lekin ko’pchilik ularga e’tibor bermaydi. Poliplarning 10 % kamrog’i xavfli o’smalarga aylandi.
Poliplar haqida to’liqroq o’qimoqchi bo’lsangiz, bu yerda.
Limfoma – saraton kasalligi turlari ichida eng murakkabi
Limfa tugunlari organizmda har xil chiqindilardan, ayniqsa virus bakteriyalardan tozalovchi filtr vazifasini bajaradi. Ular oval formada bo’lib, butun organizm bo’ylab joylashgan. Limfa tugunlari limfa tomirlari bilan birlashib murakkab tizim hosil qiladi. Limfoma ham murakkab kasallik, turli tuman ko’rinsihlarga ega. Ularning ichida Xodjkin va Nexoddjkin limfomalari ayniqsa xavfli.
O’pka saratoni shafqatsiz
Saraton kasalligi turlari ichida insonning eng beshafqat qotili. Asosiy sababi tamaki maxsulotlarini chekish hisoblanadi. Ko’proq 55-60 yoshdagi odamlarda uchraydi. O’pka murakkab tuzilgani va o’sma tez rivojlanganligi sababli erta tashxis qo’yish qiyin. Oxirgi bosqichlarida esa allaqachon hammasi kech bo’ladi. 2010-yilning o’zida 175000 dan ziyod odam umriga zomin bo’lgan.
Prostata bezi o’smasi.
Agar kasallik erta aniqlansa, o’sma bezdan tashqariga chiqmagan bo’lsa 95% hollarda muvaffaqiyatli davolanadi. Lekin o’smaning xavfli tomoni belgilarsiz uzoq muddat kechishi. Katta yoshdagi erkaklar tez-tez urolog ko’rinishidan o’tib turish kerak. Undan tashqari bovul qilishga ko’p chiqish, siydik va spermada qon bo’lganda tezda shifokor murojat qilish zarur.
Qalqonsimon bez o’smasi deyarli bezarar.
Bu turdagi o’smalar yaxshi hamda nisbatan oson davolanadi. Ko’pincha uni tomoqda shish paydo bo’lganda yoki bemorning yutishga qiynalayotganligi to’g’risidagi shikoyatidan so’ng aniqlanadi. 95 % holatda o’sma atrofdagi to’qimalarga xavf solmaydi. Faqatgina 5 % hollarda tajavuzkor, yomon o’simtalar uchraydi.
Qon saratoni – Leykoz, oq qon.
Oq qon ikki xil formada uchraydi.
- O’tkir va tez tarqaluvchi.
- Surunkali sekin tarqaluvchi.
Surunkali formalari to’g’ri davolansa kasallikni nazoratga olish mumkin. Kasallikning bunday formasiga yo’liiqan bemorlar shifokorlar yordami bilan 10 yillar mobaynida yashash imkoniyatiga ega. Hozirgi kunda juda ko’p bemorlar surunkali leykozga qarshi kurashib yashab kelmoqda.
Siydik pufagi o’simtasi
Siydikdagi qon siydik pufagi saratoni asosiy va birinchi simptomi. Ko’proq erkaklarda uchraydi. Paydo bo’lishiga asosiy sabab siydik tarkibidagi zaharli moddalar, siydik qopi devorini yemiradi. Siydikka zaharli moddalar tamaki mahsulotlaridan, avtomobil gazlaridan o’tish mumkin. Yangi ishlab chiqarilgan preparatlar ancha samarali ta’sir ko’rsatmoqda.
Teri saratoni.
Saraton kasalligi turlari ichida teri melanomasi alohida ahamiyatga ega chunki, bemorning o’zi teridagi o’zgarishlaarning oldindan payqab qolish mumkin. Ayniqsa xollarga, terining rangi tasodifan o’zgargan sohalarga e’tibor berish kerak.
Quyidagi belgilarga e’tibor berish lozim.
- Assimetriya (xolning bir bo’lagi ikkinchi bo’lagiga to’g’ri kelmaydi)
- Xolning chetlari no tekis
- Alohida olingan xolning rangi boshqa xollar rangidan farq qiladi.
- Diametri 6 mm dan katta.
Teri o’smalari ichida melanomlar tez o’sishiga ko’ra xavfli.
Onkologiya kundan-kunga rivojlanib bormoqda, shunga yarasha davolash usullari ham takomillashyabdi. Hozirgi kunda saraton ilgarigidek umidsiz, tuzalib ketishga imkoniyatsiz dard emas.
E’tiboringiz uchun rahmat.
Assalomu aleykum mening bir tanishimning farzandini tekshirishib unda rak kasalligi bor deb aytishgan ekan.
U tinimsiz won qayt qilayotgan ekan.
Bu chindan ham saraton alomatimi ma’lumot bersangi shu haqida iltimos
Ассалом Алайкум, онкологик касалликлар жуда турли туман. Қон қўсиш симптоми жуда кўплаб касалликлар белгиси бўлиши мумкин, шу жумладан онкологик касалликларни ҳам. Аниқроқ билиш учун малакали мутаҳасисларга мурожат қилишиз мумкин.
Наименование организации: Республиканский онкологический научный центр
Руководитель: Тиллашайхов Мирзаголиб Нигматович
Город/Район: г.Ташкент
Адрес: ШАЙХАНТАУРСКИЙ р-н, ул. ФАРОБИ, 383
Индекс: 100179
Телефон: +998 (71) 246-05-13 / +998 (71) 246-29-78 / +998 (71) 227-13-27 / +998 (71) 246-25-20
Факс: +998 (71) 246-29-78
E-mail: m.tillyashaykhov@minzdrav.uz
Веб-сайт: http://www.cancercenter.uz
Could you inform me what style are you utilizing on your web site?
It looks good.
Hello. WordPress thems xMag
Assalomu alekum mani 14 yoshli singlim bor. Hozir uning o’ng bo’yin qismida bez paydo bo’lgan chap tomonida esa juda kichik hajmda bez bor. Kasallik alomati 5oydan beri bor. Boshida bo’ynida va qo’ltig’ida og’riq bor edi. 2 oydan buyon davolanyapti o’g’riqlar yo’qolgan lekin bez hali yo’qolgani yo’q. Bemorda hech qanday o’zgarishlar yoq ,o’zini juda yaxshi his qiladi, ozmagan ,ishtaxasi yaxshi. Bu masala nima deya olsiz qo’rqinchli joyi yo’qmi ? Iltimos batafsil ma’lumot bersangiz. Oldindan rahmat!
Menda yaqin kunlarda katta özgariwlar paydo bölmoqda kecasida kuclik yötal u huddi icimni köcirib yuvorgudek b.n keladi terimda alergik qicima paydo böldi közlarimni tagi sekin sekin wiwini kuzatdim oldiniga cap közimni tagidagi wiwi ancagina bilindi vaqt ötkan sari öng közimga ham ozro wiwi borligi bilinib bormoqda bugun közlarimni tagida kökimtir holat paydo bölibti holsizman yuragim bazan böğzimga kelgudek b.b ketadi oğirligi 3 kg dan ortiğ narsani kötara olmayabman kötarsam yiragim sikadi qöllarim holsizlikdan oğriq kelib ciqadi kunduzlari yötal deyarlik bezovta qilmaydi asosiysi kecalari uxlolmiman
Yuzumda husun buzarlar ham köpayib bormoqda maslahat bering bunday holatda qanday wifokorga murojat qiliwim k.k? oldindan rahmat umidli mushtariyingiz .
Assalomu aleykum. Yoshim 18 da. Tahminan 4 yil oldin mening qòltiq osti limfa tugunlarim shishgandi. Shifokorga murojat qilganimda bu vaqtinchalik shamollash deb tashhis qòyishgandi. Hozirgi kunda ozimda charchoqni kòp his qilaman kunning ikkinchi yarmida umuman biror ish qilishga ozimda energiya qolmaydi. Menda har hil turdagi xollar juda kòp tanamda. Bu onkologik kassalikka ishora bolishi mumkinmi. Javob uchun oldindan rahmat.
Salomaleykum meni bir tanishim
Tezda ozib ketti holsiz undan tashqari hotirasi avvalgiday emas bu rak kasalligimi
Assalom Alaykum. Nimaga asoslanib bunday kasallik haqida gapiryabsiz. Yaxshisi terapevt korigiga borgani yaxshi. Xolsizlik va ozg’inlik bu saraton deyishga asos emas.
Assalomu alleykum menda kos suyagimda o’simta bo’lib suyagimni yemirgan uni jarrohlik usulida oldirgandim lekin yana o’sib chiqgan iltimos menga to’g’ri yo’l ko’rsating endi nima qilay
Tashxisda xafsiz degandi shuga apretsoya qildirib oldirib tashlagandim 2oydan keyin qayta tekshuruvda yana o’sib chiqibdi apretsiya qilish kerak dedi doktirlar men rozi bo’lmadim iltimos bu kasallikni davosi bormi
1991 yilman yoshim 28 da
Assalom Alaykum. Davolovchi shifokorlariz tafvsiyalariga amal qiling yaxshisi. Agar ularga ishonchiz qolmagan bo’lsa respublika onkologiya markaziga murojat qiling.
Meni jida kop bowim og’ridi xotiram xam yaxwimaas 1ta 2ta trimol ichsam uzimga kelaman bolmasa yuu miyyada osimta bormikan yoki
Assalamualekum meni uylanmoqchi bolgan qizim og’rib qoldi uzini tekwirtirgani borganida uning bachadoni judayam kichkina va bachadon ostida o’simta borligi aniqlanibdi unga 3 oy davolaniwni va 6 oydan keyin opiratsiya qiliwini etiwibdi agar u operatsiya qildirsa u kelajakda ona boliwdan mahrum bolib qoliwi mumkin ekan men bu haqida koproq ma’lumot bilishni hohleman chunki bizni hozirda tuyimiz ham tuxtatildi va qiz tuwkinlikka tuwib qolgan jb uchun oldindan raxmat
Assalawmualekum mening bir do’stining boshning orqa tomonida og’iriq murini ham tez tez qonap turibdi oyoqlarida ogiriqlar bor ekan bu qanaqa kasallik bo’lishi mumkin
ASSALOMU ALEYKUM 21 YOSHDAMAN TAXMINAN SENTIABR OYLARIDA KINDIKDAN PASROQ JOYDA XOLGA OXSHASH QOAMTIR JIGARRANG DONA CHIQDI NIMALIGINI BILMIMAN BOSHIDA KICHIK ROQ EDI HOZIR KATTARIB QOLGAN BOSHIMDA HUDDI BOSHLIK HAVO BORGA OXSHAB HOLSIZ BOLAMAN ATROFDAN 1 2 SONYA UZULIB TOXTAB QOLADI SOCHIM QOSHLARIM TOKILISHNI BOSHLADI NIMADAN BUNDE BOLYABDI YOKI TERI SARATONI BORMI MENDA
Assalom alaykum 1 hafta buldi kukragimda usimta paydo buldi ogriq igna sanchiganday buladi bu saraton kasaligidan dalolat beradimi javob uchun oldindan rahmat
Assalom Ayollar konsulatatsiyasiga murojat qiling
Ассалому алайкум менинг катта опамнинг чап юзида без пайдо бўлган7-8 йилдан буён ўзгармаган каттайиш кичрайиш холатлари кузатилмаган операция йўли бн олиб ташлаш хавфли эмасми маслахатингиз ун олдиндан рахмат
Assalomu alaykum bir savolim bor edi Meni jiyanimni chap qo’lida Sarkoma nomli kasallik aniqlandi Qo’llari shishgan Qanday davo eng ma’quli Deb o’ylaysizlar 72-soatlik ximiya oldi onda sonda og’riq bo’lyapti Iltimos mutaxassis sifatida kerakli ma’lumotingiz kerak Kasallik turi haqida ham
Shifokorlarning tashxislari ,qo’lining hozirgi xolati rasmlar rentgen rasmlari bor qanday yuborsam bo’ladi
Assalomu alekum meni bir dustimni og’iz bushlig’ini lab ichida oq donacha kurinyapti u donachaga uxshamedi rangi oq kup og’riq beryapti bu nimani alomati ovqatlanishga xalaqit beradi
Assalom Alaykum. Stomatit bu 1 haftalarda o’tib ketishi kerak
Assalom alekum men 20kundan beri istmalavomman ogriq kekirdagimda kop terlayapman yuzim va boshim suv bop ketyapti xolsizlik va ishtaha yoq lor bizdanmas dedi opka toza chiqdi branhit deb dorilar ichirishdi foyda yoq meni rak deb oylashyapti tibniy korikdan otishimni sorashdi shunday bolishi munkinmi
Assalom Alaykum. Vaqtidan ilgari vahima qilish kerak emas. Davolovchi shifokorlariz aytgan ko’rsatmalarni bajaring. Rak kasal ehtimoli katta emas.
Assalpmu Aleykum mening bowimning orqa tarafida ogriq beradi bitada qattiq chap tarafida dok bordim lichema oldim 10 kun bir oy otib yana ogriqlar qaytalanvotti bowimi mrtga tuworsamikin yoki wartmasmi kop bowim oriwini uwanda cherepnoy davlena manda yoq edi banisaga yptganimda uyam borligi aniqlanfi boyin soxasida ostexandroz diyildi mrt apparatiga tuwiwim hpzi joizmikin
Assalomu alaykum. Kindik atrofidagi rak yani ichak saratoni oshqazon saratoni havflimi. Davolash mumkinmi
Assalomu alaykum. Kindik atrofidagi rak yani ichak saratoni oshqozon saratoni havflimi. Davosi bormi.
Assalomu aleykum meni oyogimda katta hol bor paydo boganiga 15 yil boldi deyarli chetlari noteks wunga havotrdaman rak boliwi mumknmi qichiwmaydi ogrimaydi ustida tuklari bor hajmi ozgarmaydi iltimos javob bersangiz oldindan rahmat
Assalom aleykum. Chap qo’lim Qo’ltiq ostida og’riq paydo bo’ldi 1 haftadan keyin o’tib ketdi. 2 oydan keyin yana boshlandi yana o’tib ketdi. Tomog’imda nimadur tiqilib qolgandek shishib turibdi. Amakimni o’g’li ham ЛИМФОМА ХОДЖКИНА dan vafot etgan. Shunda shifokor urug’larizda bor ekan shunaqa kasallik ehtiyot bo’lila degan ekan..Qayerga murojat qilishim kerak, bu saraton belgilariga yaqin belgilarmi
Assalom Alaykum, birinchi navbatda yashash joyiz boyicha oilaviy poliklinikaga murojat qiling! Shifokorlar ko’rikdan maslaxat berishadi!
Assalom aleykum. Chap qo’lim Qo’ltiq ostida og’riq paydo bo’ldi 1 haftadan keyin o’tib ketdi. 2 oydan keyin yana boshlandi yana o’tib ketdi. Tomog’imda nimadur tiqilib qolgandek shishib turibdi. Amakimni o’g’li ham ЛИМФОМА Неходджкин dan vafot etgan. Shunda shifokor urug’larizda bor ekan shunaqa kasallik ehtiyot bo’lila degan ekan..Qayerga murojat qilishim kerak, bu saraton belgilariga yaqin belgilarmi